Ziyadullayeva Malika Rashid qizi was born in Dehqanabad district. Currently, I am a 1st year student of the Primary Education Department of the Shahrisabz State Pedagogical Institute. I am a volunteer of the Youth Affairs Agency, a member of the Youth Union, and I actively participate in competitions and events held within the Institute. In the future, I intend to publish many books and become the best teacher.

“Alkimyogar”asariga taqriz
Jahon adabiyotining durdonalaridan biri boʻlgan “Alkimyogar”asari braziliyalik yozuvchi Paulo Koelo qalamiga mansub boʻlib hozirgi kungacha oltmishta xorijiy tilga tarjima qilingan.Kitobxonda avvalo savol tugʻiladi.Alkimyogar,Alkimyo bu tushunchalar qanday maʼno anglatadi?degan savollar har bir kitobxonning xayolidan oʻtgan boʻlsa kerak. Qisqa taqriz asosida bu javob topishga harakat qilamiz. Muqaddima:Asar muqaddimasi asosan Oskar Uayldning muqovasiz kitobidagi kichik rivoyat talqini bilan boshlanadi.Unga koʻra,Nargis gulining anhor suviga oʻzini unutadigan darajada mahliyo boʻlishi keyin esa anhorga qulab halok boʻlishi bayon etilgan.Nargis halok boʻlgach anhor unga aza tutadi va suvi koʻz yoshlardan shoʻrlanadi.Anhor driadalar bilan suhbatlashib shuni anglaydiki,Nargisning goʻzalligini hech qachon sezmagan faqat va faqat uning yuzida oʻz aksini koʻrgandi xolos.Aytishlaricha,biron narsani qadrini bilish uchun uni yoʻqotish kerakdir balki.
Asarning bosh qahramoni ispan yigiti Santyago 16 yoshga toʻlguncha diniy maktabda taʼlim oladi.Ota -onasi uni qishloq ruhoniysi boʻlishini xohlar ammo,Santyago goʻdakligidayoq dunyoni koʻrishga ishtiyoqi kuchli edi,bu tuygʻu uni Tangrini anglash yoki insoniyat gunohlarini miridan-sirigacha bilib olishdan ustun keldi.Taqdir taqozosi bilan choʻpon boʻlishga qaror qildi.Otasi unga tilla tanga solingan hamyonni tutqazyotib aytadiki:”Oʻzingga bir otar qoʻy sotib ol va yurt kezib mol boqib yuraver,qachonki,dunyoda bizning qasrimizday eng zoʻr qasr va bizning ayollarimizday goʻzal ayol yoʻqligini tushunsang,bir kun qaytarsan .”deb taʼkidlaydi. Santyago shu tariqa yurt kezib qoʻylarini boqib yuraveradi va bir kuni kechasi tush koʻradi Santyago “Hayot shunisi bilan qiziqki,tushlar rostga aylanadi “deb oʻyladi.Tarifdagi tush ta’birlaydigan loʻli kampirning yoniga borib tushining taʼbirini soʻraydi.Loʻli kampir uning kaft chiziqlariga qarab hayratlanadi.Santyagodan tushining taʼbirini aytish uchun xazinasining oʻndan birini berishiga rozi qiladi.Santyagoning Misrga borishi va oʻz ehromini topishi kerakligini keyin boyib ketishini taʼkidlaydi.Tabiiyki, Santyago bu gaplarni safsata deb oʻylab,loʻli kampirning hujrasidan hafsalasi pir boʻlib chiqadi.Folbinning huzuridan chiqqandan soʻng unga Salim podshohi Maliksiddiq uchraydi Santyago bilan gaplashish uchun bahonalar izlaydi.Maliksiddiq Santyagoga Dunyodagi eng katta yolgʻon haqida,Olam qalbining inson baxtidan oziqlanishi va inson oʻz taqdirini yoʻlidan borishi kerakligi haqida maslahatlar beradi.Santyagoga esa qoʻylarining evaziga xazinani topishini aytadi.Maliksiddiq “Qoʻlingda yoʻq narsani vaʼda qilish,uni qoʻlga kiritishga jahd etish demak”deb Santyagoni ishonishga majbur qiladi va unga Urim va Tumim degan tosh beradi.Maliksiddiq Santyagoni belgilar bilan ish koʻrishga undaydi.Santyago fikrlay boshlaydi “Chumchuq ilonning bekinib turgan joyidan xabar yetkazishi mumkin,buta shu atrofda jilgʻa yoki daryo borligidan darak beradi, Andalusiyada yurib u yerdagi va osmondagi belgilarga qarab ish yuritish lozim ekanligini unga qoʻylari oʻrgatdi.Santyago xazinani izlab sayohatga chiqadi va bandargohda hamma pulidan ayriladi.Bularning bari bir quyosh chiqquncha roʻy beradi.U bir vaqtning oʻzida hech narsasiz va begona yurtda qolib ketadi qorni och va yupun holatda ilojsiz qoladi.Taqdir taqozosi bilan u Billur buyumlar sotuvchisiga duch keladi.U oʻttiz yildan beri shu doʻkondan tirikchilik qilar edi.Bir paytlar uning doʻkoni gavjum boʻlar,arab savdogarlari,ingliz va fransuz geologlari,olmon askarlari -puldor odamlar koʻp kelishardi.Biroq zamon yevrilib,doʻkoniga hech kim bosh suqmay qoʻydi.Santyago yegulik evaziga idishlarini yuvib berishi mumkinligini aytadi.Savdogar unga ovqat berib uni ishga taklif qiladi Santyago esa savdogardan Misrga yetib olish uchun pul bersa, ishlashi mumkinligini aytadi.Savdogar esa uncha pul topa olmasligi keyin Tanjer va Misr orasi minglab kilometr sahro ekanligini tushuntiradi.Santyagoning ruhi tamom choʻkib uzoq sukut saqlaydi.Savdogar unga oʻz uyiga qaytish uchun pul berishini aytadi Santyago rozi boʻladi sababi u endi toʻrtta beshta qoʻy sotib olish xayoli bilan ishlaydi.Santyago qariyb bir oy davomida doʻkonda ishladi biroq,yangi ish u koʻngildagiday edi, deb boʻlmasdi.Vaqt oʻtishi bilan Santyago doʻkonga yangiliklar olib kiradi kutilmaganda mijozlar yogʻilib kela boshlaydi.Savdogar ezmaroq boʻlsa ham lekin halol odam edi.Vaqt oʻtib Santyago shuni anglaydiki,har bir odamning borishni juda xohlagan bir manzili boʻladi borish umidi bilan yashaydi bunga misol qilib qariya savdogarni yaqqol dalildir asar davomida u Haj safariga borish xayoli bilan tirik ekanligi,boʻlmasa ikki tomchi suvday yakrang ,zerikarli kunlarga,buyumlar terilgan oʻlik javonlarga,har kuni qatnaydigan oʻsha kir-chir yemakxonaga qatnashga chiday olmasligini taʼkidlaydi.Savdogarning nasib etib orzusi amalga oshadigan boʻlsa,undan keyin yashashga ilinji qolmasligini aytadi.Santyagoning Afrikaga ilk qadam qoʻyganiga oʻn bir oy -u toʻqqiz kun oʻtibdi.Endi unda qoʻy sotib olishga yetarlicha mablagʻ bor edi.Ammo, Maliksiddiqning “Yodingda tut:hamma vaqt aynan nimani istashingni aniq bilgin” “Orzu-umidlaringdan hech qachon voz kechmagil “degan gapi beixtiyor ravishda koʻz oʻngidan oʻtdi.Santyagoning koʻngiliga qoʻy boqadigan tanish joylarga qaytish xush xayoli ham xursand qilmadi.Uning oldida ikkita tanlov eski hayotga qaytish yoki orzulari izidan quvib yetish edi.Santyago Misrga borishga qaror qiladi va karvonga qoʻshiladi.Karvonda bir Angliyalik bilan tanishib qoladi,Angliyalik dunyodagi eng boy kutubxonalarni izgʻiydi ,alkimyoga oid kamyob, oʻta nodir kitoblarni xarid qiladi.Kitoblarning birida bir arab alkimyogari ikki yuz yoshdan oshgani va iksirni topgani hamda obi-hayotni kashf etgani yozilgan edi.Angliyalik bilan Santyago sahroda koʻplab suhbatli munozaralar qiladi manzilga yetguncha.Angliyalik kitoblardan oʻqib bilgan narsalarini Santyago qoʻylardan saboq olgani va uni Sahro oʻqitgani ,Sahro -eng donishmand deb taʼkidlaydi.Angliyalik Alkimyogarni koʻrish ilinjida yoʻlga chiqqan edi ular vohaga borib har qanday kasallikni davolay oladigan odam bormi? deb soʻray boshladilar.Santyago quduq yonida boshiga roʻmol oʻragan ,qop-qora koʻzlariga,goʻyo jilmayishni ham ,jim turishni ham bilmayotgaday himarilgan lablariga qarab bir lahza jim turdi goʻyoki Santyago sevgi hissini tuydi.Santyago umri davomida izlagan belgini shu qizda koʻrdi.Santyago qizning ovozini xurmo daraxtlari uchidagi barglarning mayin shutirlashiga oʻxshatdi.Uning ismi Fotima ekanligini keyin bildi.Asar davomida Santyago Alkimyogarni uchratganda oʻzi his etmagan qoʻrquv daxshati chulgʻab oldi Oq otda sallali,qora libosda ,chap kiftiga qirgʻiyni qoʻndirgan suvoriy oʻtirardi.Uning yuzi burkangan,koʻzlari koʻrinardi .Santyagoga guldurosli ovozda hayqirdi “Qirgʻiylar parvozining maʼnisini ilgʻamoqqa jurʼat qilgan kim? “deb soʻradi. Alkimyogarni gaplari Maliksiddiqni eslatdi.El-Fayumda yuz bergan urush ularni maqsadidan chalgʻitmadi.Alkimyogar va Santyago yoʻlida davom etadi.Yoʻl mobaynida Alkimyogar alkimyo sirlarini Santyagoga tushuntirishga harakat qiladi.Alkimyogarning aytishicha,”Qadim zamonlarda Olam deganlari Zumradning qirrasiga jo boʻlgan” deb taʼkidlaydi.Safar davomida urush boʻlgani sababli ularga ham qaroqchilar uchraydi.Ular Alkimyogarni tintuv qilayotganda suyuqlik solingan shisha idish va sargʻish ,tovuqnikidan sal kattaroq shisha tuxum topadi.”Iksir bilan obi-hayot – alkimyogarlarning buyuk ijodi.Kimki, Obi hayotni ichsa , kasallikka chalinmaydi.Iksirning mayda ushogʻi har qanday metalni oltinga aylantiradi.”deb javob qaytaradi.Tabiiyki,bunga Santyagodan boshqa hech kim ishonmaydi.Ammo asar oxirida Santyago oʻz xazinasiga yetadi yaʼni “Xazina qayerda boʻlsa ,sening yuraging ham oʻsha yerda “degan edi Alkimyogar.Santyago oltinlarini olib oʻz oltinining yoniga qaytadi,Alkimyogar esa tushiga kirgan Andalusiyadagi oʻsha cherkov tomon yoʻl oladi.Xulosa qiladigan boʻlsam, Alkimyogar asari hayotda oʻzligini anglashi orzu maqsadlarni amalga oshirish,insondan chin dildan istagan orzusiga albatta yetishi va bu orzu yoʻlida tinmay mehnat qilishi hech qachon qiyinchiliklarni deb toʻxtab qolmasligi Santyago obrazi bilan birgalikda shakllangan, Billur sotuvchisi qariya obrazi asosan kitobxonni orzu umid bilan yashashga undaydi,uning Haj safari orzu bilan tirikligi va hammasiga shu orzusi uchungina koʻnikib kelayotganligi yaqqol misol boʻla oladi.Alkimyogar bu ikki yuz yoshdan oʻtgan boʻlib,uning qadimda yashagan avlodlari ham alkimyo bilan shugʻullangan ekanligini aytib oʻtadi.Alkimyogarning tushiga Andalusiyadagi eski cherkov kiradi va unga borish uchun yoʼlga tushadi.Fotima obraziga taʼrif beradigan boʻlsam, Alkimyogar va Savdogar obrazi bilan uygʻunlikda yaratilgan menimcha chunki, Savdogar Haj safariga borishga umid bilan yashaydi Fotima ham oʻz sevikli yorini kelishini intizorlik bilan kutadi va umid qiladi,Santyago ham umri davomida topgan barcha boyliklarining belgisini Fotimadan topadi.U sahroyi qiz boʻlishiga qaramay Santyagoni umum tilida tushunishga yaʼni yurak soʻzlaganda hech tushunilmas tilda ham gaplashsa boʻlishi mumkinligini isbotlab beradi.
Alkimyogar asari Richard Baxning “Oqcharloq Jonatan” yoki “Sharpalar”asarlariga oʻxshamaydi.Ekzyuperining “Kichkina Shahzoda”asariga ham oʻxshash tomonlari juda kam.
“Alkimyogar” asarini oʻqib shuni aytaolamanki, “Inson intilgan narsasiga albatta yetadi.U kechikishi mumkin aslo kelmay qolmaydi” ushbu sehrli jumlalarga ishongan insongina bu hayotda baxtini topa oladi deb oʻylayman.
“Hayot chindan ham oʻz taqdirini yoʻlidan boradiganlarni siylaydi”
Ziyadullayeva Malika Rashid qizi.